‼️Nazorat davomida statsionarda shifoxona ichi kasalliklarini oldini olish, markaziy sterilizatsiya hamda dezinfeksiya tadbirlari samarasini aniqlash maqsadida epidemiologik ahamiyatga ega bo'lgan yuzalardan mikrobiologik ko'rsatkichlar uchun surtma namunalari olinib, tahlillarga qo'yildi.
✅Shifoxonada autsorsing xizmatini yuritayotgan oshxonada bemorlarni sifatli va xavfsiz ovqatlantirilishini tashkil qiliniganligi, oshxonaning ta'mir, texnik va sanitariya holati o'rganilib, tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati