Sergeli tumanidagi 284-sonli umumta'lim maktabida autsorsing faoliyatini yuritayotgan "BARAKA FERUZA OMAD" MChJ`ga qarashli bo'lgan oshxonada vakolatli organni xabardor qilgan holda koordinatsion sanitariya nazorati o'tkazildi. Nazorat davomida bakteriologik laborator tahlillar uchun tayyor taom namunalari, suv va surtma namunalari olinib, tahlillarga qo'yildi.
O'tkazilgan nazoratda quyidagi kamchiliklar:
➖oshxonaning barcha qismlarini joriy ta'mirtalab holatidaligi;
➖idish yuvishchanoqlari suv quvurlarining santexnik jihatdan nosozligi;
➖mahsulotlarning turi bo'yicha stollar va sovutgichlar yetishmasligi;
➖issiq ovqatlardan sutkalik namunalar olib saqlanmasligi;
➖omborxonada don mahsulotlari uchun maxsus idish va javonlarning yetishmasligi;
➖oshxonaning sanitariya holatini qoniqarsizligi, zararsizlantirish ishlarining o'tkazilmasligi;
➖profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya tadbirlari bo'yicha shartnomalar tuzilmagani aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar asosida "BARAKA FERUZA OMAD" MChJ rahbariga ma'muriy bayonnoma tuzilib, kamchiliklarni bartaraf qilinishi bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati