Sergeli tumanidagi 301-sonli maktabda sanitariya qoidalariga rioya qilinish holati yuzasidan o'rganish ishlari olib borildi. Natijada aniqlangan kamchiliklar asosida maktab rahbariga ma'muriy bayonnoma tuzilib, kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf qilinishi bo'yicha ko'rsatma berildi.
Qayd etish kerakki, nazorat davomida:
➖maktab binosi tomini 50 % sathini kapital ta'mirtalab holatidaligi;
➖3-qavatdagi o'quv xonalarining joriy ta'mirga muhtojligi;
➖mavjud bo'lgan 16 ta hojatxonalarning 8 tasida sovuq suv quvurlari nosozligi;
➖hojatxonalarning qo'l yuvish vositalarini ta'minlanmagani, sanitariya holatining qoniqarsizligi;
➖sport zal oynalarining 20 %i singan va ta'mirtalab ekanligi;
➖faollar zali shiftining joriy ta'mirga muhtojligi;
➖5 nafar pedagoglarni muddatli tibbiy ko'rik davri vaqtidan o'tganligi aniqlandi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati