Ta'lim maskanlarida dars jarayonlarini amalga oshirishda kamchiliklar yuzaga kelmasligi, shuningdek bolalar orasida yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish uchun Sanitariya qoida va me'yorlariga amal qilish lozim.
Xususan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tuman hududida joylashgan 346-sonli umumta'lim maktabida amaldagi ish reja asosida maktabning sanitariya-texnik holati o'rganildi.
O'rganishlar davomida ushbu maktabda bir qator kamchiliklar:
➖boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilar qo‘l yuvishi uchun sharoit yaratilmaganligi;
➖kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha isitish tizimi tekshirilmaganligi;
➖maktab hovlisidagi hojatxona ta'mirtalab holatda ekanligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha mas'ullarga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Maktab rahbariyatiga, mas'ul xodimlariga sanitariya qoidalariga doimiy tarzda rioya qilib borilishi hamda kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati