Shu bois, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakildan olingan ruxsatnomaga muvofiq, tumanda faoliyat yuritayotgan "HEALTHY HEART HOSPITAL" MCHJ ga qarashli xususiy klinikada amaldagi qonun va talablarga amal qilgan holda faoliyat olib borilishi yuzasidan tekshiruv o'tkazildi.
Tekshiruv davomida:
➖ shifoxona loyiha asosida qurilganligi yoki moslashtirilganligi;
➖ issiq suv bilan ta'minlanganligi, Sanitariya qoida va me'yorlari va gigiyena normativlariga mosligi;
➖ oqava suv tarmog'i markaziy tarmoqqa ulanganligi;
➖ xonalarning yoritilganlik holati;
➖ ta'mirlanganligi, sanitar texnik holati;
➖ davolash bo‘limlari nomi va o‘rinlar soni;
➖ tibbiyot xodimlarining dastlabki va davriy ko‘rikdan o‘tish holati;
➖ infeksion nazorat komissiyasi holati;
➖ shifoxonaning dezinfeksiya vositalari bilan ta'minoti;
➖ shifoxonaning bir marotabalik tibbiy sabob-anjomlar bilan ta'minlanganlik holati;
➖ qabul, davolash, bog‘lov, muolaja, reanimatsiya operatsiya qilish bo‘limlarida amaldagi sanitariya qoidalariga rioya etilishi;
➖ terapevtik, xirurgik, ortopediya xonalarida amaldagi tibbiy ko‘riklarning to‘gri tashkil etilganligi;
➖ klinik-diagnostika laboratoriyasi va ichki dorixonalar holati;
➖ bemorlarni ovqatlanishini to‘g‘ri tashkil etilganligi;
➖ taom tayyorlash idishlarining yetarliligi va holati;
➖ taomnomaning mavjudligi, rioya qilinganligi;
➖ profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya o'tkazish uchun tuzilgan shartnoma va uning amal qilish muddatlari bo'yicha to'liq nazorat olib borildi.
Bundan tashqari, foydalanadigan tibbiy asbob-anjomlaridan, tashqi muhit anjomlaridan, ichimlik suvi hamda oshxona jihozlari, ishlatilgan buyumlardan surtma namunalar olindi va tuman bakteriologik laboratoriyasiga keltirildi.
Tekshiruv davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan "HEALTHY HEART HOSPITAL" MCHJ da markaziy sterilizatsiya bo‘limi ish faoliyati vaqtinchalik to‘xtalib, rahbariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati