Assalomu alaykum, hurmatli hamkasblar, soha fidoyilari! Qadrli Toshkent shahri aholisi va aziz yurtdoshlar!
Bugun biz mamlakatimiz taraqqiyotining yangi davrida, inson qadri va manfaatlari har narsadan ustun etib belgilangan jamiyatda yashamoqdamiz. Muhtaram Prezidentimizning Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomalarida belgilangan 6 ta eng muhim ustuvor vazifa barchamizdan yangicha tafakkur va yuksak mas’uliyatni talab etmoqda. Ayniqsa, “Korrupsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga to‘siq” ekani haqidagi qat’iy pozitsiya, bu illatning nafaqat iqtisodiyotimizga, balki millatimiz ma’naviyatiga, kelajagiga bo‘lgan jiddiy xavf darajasini yaqqol ko‘rsatib berdi.
Shu bois yurtimizning sanitariya-epidemiologik xizmatida ham bu muammoga qarshi keskin va murosasiz kurashish, sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni erta aniqlash hamda ularga yo‘l qo‘ymaslik, turli byurokratik to‘siqlarga barham berish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ushbu mas’uliyatli jarayonda barchamiz birgalikda, sa’y-harakatlarimizni birlashtirmay turib, natijaga erisha olmaymiz. Shu sababdan, bu jiddiy muammoni oqibatlarini chuqur anglagan holda, sohada korrupsiyaga barham berish va samarali hal etish maqsadida Sizlarga murojaat qilmoqdaman!
Prezidentimiz 2025 yil 26 dekabrdagi Oliy majlis va xalqimizga Murojjatnomasida korrupsiya jamiyatda ishonch muhitini izdan chiqaradigan jiddiy tahdid ekanini ta’kidlab, 2026 yilda unga qarshi kurashishda ”favqulodda holat” deb e’lon qilgan edi. Shundan kelib chiqib, soha tizimida bu yo‘nalishda zamonaviy mexanizmlarni keng joriy etishga alohida e’tibor qaratayapmiz.
Ayni keng qamrovli o‘zgarishlar barobarida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda -Boshqarma) tomonidan ham jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashish madaniyati darajasini oshirish uchun Boshqarma va hududiy tuman bo‘limlari xodimlarining yuqori axloqiy me’yorlarga sodiqligini, shuningdek, xodimlar tomonidan o‘z faoliyatida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishiga yo‘l qo‘ymasliklari, korrupsiyaga nisbatan keskin va murosasiz munosabatni shakllantirish, bu kabi holatlarini barvaqt aniqlash va oldini olish, shuningdek ularning sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish maqsadida samarali tizim shakllantirilgan hamda bu borada amaliy chora va tadbirlar olib borilmoqda.
Boshqarmaning tegishli buyrug‘iga asosan Boshqarma va uning tarkibiy tuzilmalarida manfaatlar to‘qnashuvini boshqarishni takomillashtirish to‘g‘risidagi Nizomi, Boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, xodimlarning korrupsiyaviy xatti-xarakatlari,odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tka-zish bo‘yicha Reglamenti, ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish yo‘riqnomalari, xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti, kontragentlarni o‘rganishga oid yo‘riqnoma, aloqa kanallari or-qali korrupsiyaviy xatti-harakatlar va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish reglamentlariharakatlar va manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida kelib tushganxabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish reglamentlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-210-sonli qarori ijrosini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlari rejasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan.
Shuningdek, Boshqarma va uning tizimidagi har bir xodim O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida va Boshqarmaning ichki hujjatlarida nazarda tutilgan korrupsiyaga qarshi talablarga rioya etmasa, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.
Aholi salomatligini ta’minlash yo‘lida raqamlashtirish-shaffoflik, ishonchlilik va samaradorlik kafolatidir.
Boshqarma tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish hamda yuqumli kasalliklar tarqalishining oldini olish, shuningdek, soxta tibbiy ko‘rik daftarchalaridan foydalanish holatlarini yuqotish maqsadida, davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazuvchi davlat tasarrufidagi va xususiy tibbiyot muassasalari yagona elektron tizimga integratsiya qilindi. Jarayon to‘liq raqamlashtirilib, inson omilini kamaytirish, shaffoflik va tezkorlikni ta’minlashga qaratilgan mexanizm joriy etildi.
Shuningdek, sanitariya minimum (sanminimum) o‘quv kurslarini tamomlaganlik to‘g‘risidagi guvohnomalar endilikda qog‘oz shaklida emas, balki QR-kod orqali elektron shaklda taqdim etilmoqda.
Mazkur tizim soxta guvohnomalarning oldini olish, ma’lumotlarni tezkor tekshirish hamda ochiqlikni ta’minlash imkonini bermoqda.
Bundan tashqari, Boshqarma tasarrufidagi laboratoriyalar majmuasi hamda tuman bo‘limlari tarkibidagi laboratoriyalar faoliyati ham raqamlashtirilib, yagona tizimga integratsiya qilindi. Bu esa laborator tekshiruv natijalarining elektron shaklda yuritilishi, ma’lumotlarning markazlashgan holda saqlanishi va tezkor almashinuvi hamda nazoratning samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish jarayonida korrupsiyaning oldini olish, Boshqarma va va tuman bo‘limlarida inson omilini kamaytirish maqsadida qo’yidagi raqamli tizimlar orqali ish faoliyatlari olib borilmoqda:
https://ykem.ssv.uz/,https://edo.ijro.uz/, https://beta-lawyer.ijro.uz/, https://kabinet.yerelektron.uz/, https://auth-demo-emlash.ssv.uz/, https://nodavlat-bogcha.uz/, https://xalqnazorati.uz/ru/, https://risk-ses.ssv.uz/ , https://etirof.kadastr.uz/ , https://Vac.sanepid.uz , https:/dmed.uz, Yagona milliy mexnat, Hr.argos, Ye- huquqshunos, Uzasbo-2 , Kadr SSV , I.medic tizimlarida ish yuritilmoqda.
Shuningdek, Boshqarma rasmiy veb-sayti https://toshshahar.sanepid.uz/da tashilot haqidagi ochiq ma’lumotlar e’lon qilib borilmoqdahamda ijtimoiy tarmoqlarida doimiy ravishda Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish yo‘nalishida foydali huquqiy ma’lumotlar, ifografikalar, videoroliklar e’lon qilib borilmoqda.
Boshqarma va hududiy tuman bo‘limi mas’ul xodimlari Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Bosh prokuratura tomonidan 2024 yil 30 oktyabrda tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasida o‘qitishni tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomning 4-bandiga asosan maxsus o‘quv kurslarida Boshqarma va tuman bo‘limlari xodimlarini o‘qitish ishlari tashkil etildi va natijada, Boshqarma va tuman bo‘limlarining Boshqaruv, bo‘lim boshliqlari, korupsiyaviy havfi yuqori lavozim va mutaxassislaridan iborat jami -432 ta xodimi onlayn kurslarda o‘qitildi.
Korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish bo‘yicha yuqorida sanab o‘tilgan ishlarning o‘zi yetarli bo‘lmaydi. Avvalambor, korrupsiyaga qarshi kurashishni sohaning har bir xodimi o‘zidan boshlashi kerak. Har birimiz o‘z faoliyatimizga, ishimizga sof, halol va vijdonan yondashishimiz lozim. Korrupsiya bu eng kichik, ko‘zga ilinmas elementdan boshlanadi. Bunda, xodim yoki har bir shaxs korrupsiyani bevosita o‘zi amalga oshirmasligi mumkin, lekin u atrofidagi hamkasbi yoki biror bir tanishi korrupsiya bilan shug‘ullanayotganiga guvoh bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarni ko‘rib, bilib turib yashirish ham korrupsiyaga yo‘l ochib berish bilan teng malakalanadi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning asosiy vazifalarimizdan biriga aylanishi kerak. Zero hurmatli prezidentimiz Sh.Mirziyoev aytganlaridek, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lish kundalik hayot tarzimizga aylanishi shart. Bu illatga qarshi kurashishga barcha davlat organlari, siyosiy partiyalar, jamoat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari, umuman, har bir fuqaro safarbar etilishi zarur.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va uni batamom yo‘qotishda barchamiz bir tanu-bir jon bo‘lib, birgalikda samarali harakat qilib, jamiyatimiz va davlatimizning rivojiga o‘zimizning salmoqli hissamizni qo‘shaylik. Jamiyatdagi salbiy illatlarga loqayd munosabatda bo‘lmasak, birgalikda kurashsak, albatta, yengishimizga ishonaman.
Hurmatli fuqarolar hamda soha xizmatlari foydalanuvchilari !!!
Agarda, Sizlarda Boshqarma va tizim xodimlari tomonidan o‘z lavozim majburiyatlarini bajarishda korrupsion holatlar kuzatilganda yoki shubha tug‘diruvchi va noqonuniy holatlar haqida ishonchli va asosli ma’lumotlar bo‘lsa yoki bunday holatlarga guvoh bo‘lsangiz, Boshqarma hamda tuman bo‘limlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki tuzilmalariga, shuningdek, Boshqarmaning quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat yo‘llashingiz mumkinligini ma’lum qilamiz:
Toshkent shahar boshqarmasining ishonch telefon raqami: +998-71-248-12-43
Rasmiy veb-sayt: https://toshshahar.sanepid.uz/
Murojaatlar maxfiyligi kafolatlanadi va ular Boshqarma tomonidan tezkor o‘rganilib, tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.
Kudratxodjayeva Malika Bahramovna,
O'zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi
qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i