Shu bois, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo'yicha vakildan olingan ruxsatnomaga muvofiq, tumanda joylashgan 572-sonli maktabgacha ta'lim tashkiloti oshxonasida "KIDS LAUNCH" MCHJ ga qarashli tadbirkorlik subyektida amaldagi qonun va talablarga amal qilgan holda faoliyat olib borilishi yuzasidan tekshiruv o'tkazildi.
🔹Tekshiruv davomida:
➖oshxona loyiha asosida qurilganligi yoki moslashtirilganligi;
➖issiq suv bilan ta'minlanganligi, Sanitariya qoida va me'yorlari, gigiyena normativlariga mosligi;
➖oqava suv tarmog'i markaziy tarmoqqa ulanganligi;
➖xonalarning yoritilganlik holati;
➖ta'mirlanganligi, sanitar texnik holati;
➖texnologik jihozlar va sovutgichlar bilan ta'minlaganligi;
➖ishlov verish stollari, taxtakachlar, pichoqlar va boshqa ish qurollari bilan ta'minlanganligi va alohidalanganligi;
➖taom tayyorlash idishlarining yetarliligi va holati;
➖taomnomaning mavjudligi, rioya qilinganligi;
➖taqiqlangan taomlar va mahsulotlar mavjudligi;
➖ishchi xodimlarning tibbiy ko'rikdan o'tganligi va maxsus ust-bosh kiyimlar bilan ta'minlanganligi;
➖profilaktik dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya o'tkazish uchun tuzilgan shartnoma va uning amal qilish muddatlari bo'yicha to'liq nazorat olib borildi.
Bundan tashqari, foydalanadigan ichimlik suvi hamda oshxona jihozlari, ishlatilgan buyumlardan surtma namunalar olindi va tuman bakteriologik laboratoriyasiga keltirildi. Tekshiruv davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan MCHJ rahbariga nisbatan qonunda belgilangan tartibda ma'muriy bayonnoma to‘ldirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati