Ta'lim tashkilotlari oshxonalarida o'rganishlar o'tkazilmoqda 

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Sergeli tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari oshxonalarida bolalarni sog'lom va xavfsiz ovqatlantirilishini tashkil qilinish, Sanitariya qoida va me'yorlarilariga amal qilinishi o'rganilmoqda.  Jumladan, 284-sonli umumta'lim maktabida autsorsing xizmatidagi oshxonada o'tkazilgan o'rganishda:

➖oshxonaning barcha qismlarini joriy ta'mirtalab holatdaligi;
➖taqiqlangan mahsulotlar bilan savdo qilinayotgani;
➖mahsulotlarni turi bo'yicha saqlash uchun sovutgichlarning yetishmasligi;
➖dezinfeksiya tadbirlarini o'tkazishga xilof ravishda savdo rastasi va stollarga yelim to'shamalar yozib qo'yilgani;
➖xom mahsulotlarni yuvish uchun alohida yuvish sharoitlarining tashkil qilinmagani;
➖oshxonada sanitariya holatini qoniqarsizligi, kundalik tozalash ishlarining sifatsiz o'tkazilayotgani;
➖brakeraj komissiyasi nazoratining sustligi;
➖profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o'tkazilishi bo'yicha tashkilotlar bilan shartnomalar tuzilmaganligi ma'lum bo'ldi.

Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan maktab rahbariyati hamda oshxona xodimlariga tushuntirish ishlari olib borildi. Brakeraj komissiyasi tomonidan taqiqlangan mahsulotlar savdosiga chek qo'yildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni