Sergeli tumanidagi umumta'lim maktabida o'quvchilar o'rtasida qayd etilgan o'tkir yuqumli ichak kasalligi yuzasidan epidemiologik surishtiruv va sanitariya nazorat tekshiruvi o'tkazildi. Nazorat davomida autsorsing faoliyatidagi oshxonada bolalarni sog'lom va xavfsiz ovqatlantirilishini tashkil qilinishi o'rganildi.
Tekshiruv davomida quyidagi bir qator kamchiliklar:
➖ertalabki saralash ishlarining sifatsiz o'tkazilayotgani, kasallik belgilari bo'lgan bolalarni faol aniqlanmasligi;
➖kundalik tozalash ishlarining sifatsizligi, zararsizlantirish ishlari o'tkazilmasligi;
➖o'quv xonalari, oshxona, hojatxonalarining qo'l yuvish vositalari bilan ta'minlanmagani;
➖o'quvchilar o'rtasida yuqumli kasalliklar profilaktikasi to'g'risida targ'ibotlar o'tkazilmasligi;
➖maktabda profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o'tkazilishi bo'yicha shartnomalar tuzilmaganligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklar asosida maktab rahbariga ma'muriy bayonnoma tuzilib, kamchiliklarni belgilangan muddatlarda bartaraf qilinishi bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati