Ertalabki saralash ishlarini nazoratga olish davom etmoqda 

Yuqumli kasalliklarni tarqalishini oldini olish uchun maktab va maktabgacha ta'lim muassasalarida ertalabki saralash ishlari yo'lga qo'yilgan bo'lib, har bir o'quvchini maktab hamshirasi tomonidan tana harorati o'lchanib va qo'llarni dezinfeksiya qilib kiritilishi lozim. 

Shu sababli, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan uyushgan bolalar o‘rtasida yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida tumanda joylashgan bir qator maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ertalabki saralash ishlarining sifatli o'tkazilishi yuzasidan nazorat tadbirlari olib borildi. 

Nazorat davomida filtrlash jarayonlarida tarbiyalanuvchilarning tana harorati o'lchanishi, muassasalarning santexnik holati, hojatxonalar va qo'l yuvish uchun chanoqlarning sozligi, yuqumli kasalliklar profilaktikasi bo‘yicha o‘tkazilayotgan tadbirlar, zararsizlantiruvchi vositalar zaxirasi ko'zdan kechirildi va mas'ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni