Bosh sahifa / Endokrinologiya markazi bo'limida rejaga muvofiq nazorat o‘tkazildi

Endokrinologiya markazi bo'limida rejaga muvofiq nazorat o‘tkazildi

Respublika ixtisoslashtirigan endokrinologiya markazining Toshkent shahar Sergeli tuman bo'limida yuqumli kasalliklar profilaktikasi, shifoxona ichi kasalliklarini oldini olish chora-tadbirlarini o'tkazilishi yuzasidan rejaga muvofiq sanitariya-epidemiologik nazorat o'tkazildi. 


‼️Nazorat davomida statsionarda shifoxona ichi kasalliklarini oldini olish, markaziy sterilizatsiya hamda dezinfeksiya tadbirlari samarasini aniqlash maqsadida epidemiologik ahamiyatga ega bo'lgan yuzalardan mikrobiologik ko'rsatkichlar uchun surtma namunalari olinib, tahlillarga qo'yildi.

✅Shifoxonada autsorsing xizmatini yuritayotgan oshxonada bemorlarni sifatli va xavfsiz ovqatlantirilishini tashkil qiliniganligi, oshxonaning ta'mir, texnik va sanitariya holati o'rganilib, tegishli ko'rsatma va tavsiyalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


28-10-2025, 14:00
Ortga qaytish