Parazitologik kasalliklarning tashxisoti mavzusida amaliy-o'quv seminar mashg'ulotlari o'tkazildi

Parazitologiya laboratoriyasi – odam, hayvon va o‘simliklarda uchraydigan parazitlarni o‘rganish, tashxislash va nazorat qilish bilan shug‘ullanadigan ilmiy va diagnostik laboratoriya. 

Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi Paraziologiya laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan Davolash profilaktika muassasalari xodimlariga "Parazitar kasalliklarning laboratoriya tashxisoti" mavzusida amaliy o'quv seminar bo'lib o'tdi.

Parazitar kasalliklarni oldini olish va ularning profilaktikasida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish katta ahamiyatga ega ekanligi, meva va sabzavotlarni iste'mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish kerakligi, baliq va go‘sht mahsulotlariga yaxshi termik ishlov berish  mutaxassislar tomonidan ta'kidlandi. Shuningdek, maxsus eslatmalar yordamida parazitar kasalliklarning boshlang'ich alomatlarida profilaktik tadbirlarning ahamiyati bo'yicha tushuntirish berildi.

Bundan tashqari mashg'ulot davomida mikroskop yordamida parazitar kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlashda laboratoriya anjomlaridan foydalanish tartibi va ularni to'g'ri qo'llashga oid ko'rsatmalar berildi. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni