Parazitologiya laboratoriyasi – odam, hayvon va o‘simliklarda uchraydigan parazitlarni o‘rganish, tashxislash va nazorat qilish bilan shug‘ullanadigan ilmiy va diagnostik laboratoriya.
Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi Paraziologiya laboratoriyasi mutaxassislari tomonidan tumanda joylashgan Davolash profilaktika muassasalari xodimlariga "Parazitar kasalliklarning laboratoriya tashxisoti" mavzusida amaliy o'quv seminar bo'lib o'tdi.
Parazitar kasalliklarni oldini olish va ularning profilaktikasida shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish katta ahamiyatga ega ekanligi, meva va sabzavotlarni iste'mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish kerakligi, baliq va go‘sht mahsulotlariga yaxshi termik ishlov berish mutaxassislar tomonidan ta'kidlandi. Shuningdek, maxsus eslatmalar yordamida parazitar kasalliklarning boshlang'ich alomatlarida profilaktik tadbirlarning ahamiyati bo'yicha tushuntirish berildi.
Bundan tashqari mashg'ulot davomida mikroskop yordamida parazitar kasalliklarni erta bosqichlarda aniqlashda laboratoriya anjomlaridan foydalanish tartibi va ularni to'g'ri qo'llashga oid ko'rsatmalar berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati