Mahalla fuqarolari bilan sanitariya madaniyatiga oid davra suhbati tashkil etildi

Bugungi kunda mahalla, xususan xonadonlar aholisi o'rtasida sanitariya epidemiologik osoyishtaligini ta'minlash, yuqumli, parazitar kasalliklarning oldini olish va sog'lom turmush tarzini samarali tashkil etish mexanizmlari ishlab chiqilib, soha mutaxassislari tomonidan qator chora-tadbirlar amalga oshirilishi e'tirofga loyiqdir. 

Shu bois, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mutaxassislar tomonidan tumanda joylashgan "Rohat" MFY idorasida fuqarolarni sanitariya madaniyatini yanada shakllantirish maqsadida sanitariya targ'ibot tadbirlariga oid uchrashuv bo'lib o'tdi.

Olib borilgan davra suhbati davomida:

➖yuqumli kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlari;
➖turli xil kasalliklardan himoyalanishda emlashning ahamiyati;
➖sog'lom turmush tarziga rioya qilish;
➖noma'lum uy sharoitida konserva mahsulotlarini tayyorlamaslik va iste'mol qilmaslik;
➖xarid jarayonlarida mahsulotlarning sifati va yaroqlilik muddatiga amal qilish;
➖meva-sabzavotlarni iste'mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish;
➖shaxsiy gigiyena qoidalariga doimiy tarzda rioya qilish;
➖foydalanilgan idish-tovoqlarni o'z vaqtida yuvish kerakligi xususida sanitariya targ'ibot o'tkazildi.

Bundan tashqari bo‘lim korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mas'ul xodimi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uningi oqibatlari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Yig'ilish so'nggida, fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berildi va yuqumli kasalliklardan saqlanish hamda koorupsiyani oldini olishga oid muhim eslatmalar tarqatildi. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni