Mahalla fuqarolari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi
Kasalliklarni keng tarqalishini oldini olish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo'limi mas'ul mutaxassislar tomonidan tumanda joylashgan "Rohat” mahallasi idorasida fuqarolarni sanitariya madaniyatini yanada oshirish maqsadida sanitariya targ'ibot tadbirlariga oid yig'ilish bo'lib o'tdi.
Olib borilgan davra suhbati davomida:
➖yuqumli kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlari;
➖turli xil kasalliklardan himoyalanishda emlashning ahamiyati;
➖sog'lom turmush tarziga rioya qilish;
➖noma'lum uy sharoitida konserva mahsulotlarini tayyorlamaslik va iste'mol qilmaslik;
➖xarid jarayonlarida mahsulotlarning sifati va yaroqlilik muddatiga amal qilish;
➖to’g’ri ovqatlanish;
➖meva-sabzavotlarni iste'mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish;
➖shaxsiy gigiyena qoidalariga doimiy tarzda rioya qilish;
➖foydalanilgan idish-tovoqlarni o'z vaqtida yuvish kerakligi;
➖korrupsion holatlar va ularni oldini olish xususida sanitariya targ'iboti o'tkazildi.
Yig'ilish so'ngida, ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi va yuqumli kasalliklardan saqlanishga oid muhim eslatmalar taqdim etildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati
MAVZUGA OID QO`SHIMCHA MA`LUMOTLAR