📌 Mirobod tumanida joylashgan umumiy o'rta ta'lim maktablarida bolalar o'rtasida yuqumli kasalliklarga qarshi chora-tadbirlarning to'g'ri tashkil etilganligi hamda ertalabki filtrlash ishlari yuzasidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
‼️ Xususan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan 31-sonli maktabda sanitariya-epidemiologik nazorat o'rnatildi.
✅ O'rganishlar davomida quyidagilar o'rganildi:
📮 har kunlik ertalabki saralash bosqichlarini olib borishda maxsus moslamalarning mavjudligi;
📮 ta'lim oluvchilar uchun tana harorat o'lchagichlar yetarli bo'lishi;
📮 filtrlash ishlari o'tgan yilgi qaydlar bo'yicha qolib ketmaganlik holati;
📮 foydalanadigan dori vositalarining muddati o’tmagan bo'lishi;
📮 qo'l yuvish chanoqlarining yetarli bo'lishi batarafsil monitoringdan o'tkazildi.
⚠️ Shuningdek, o’quvchilarni virusli gepatit A kasalligiga qarshi o’z vaqtida emlanganligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga ega ekanligi bo’yicha qo’shimcha monitoring tadbirlari ham olib borildi.
📝 O'rganishlar natijasida yuzaga kelgan kamchiliklar xususida maktab ma'muriyati va mas'ul hamshiralarga tushuntirish hamda targ'ibot ishlari amalga oshirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati