Maktabda sanitariya qoidalarining buzilish holati aniqlandi

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi mutaxassislari tomonidan tumandagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida yuqumli kasalliklarga qarshi chora-tadbirlarning to'g'ri tashkil etilganligi hamda  ertalabki filtrlash ishlari yuzasidan sanitariya nazorati olib borildi. 

O'rganishlar davomida quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

➖har kunlik ertalabki saralash bosqichlarini olib borishda maxsus moslamalarning mavjud emasligi;
➖ta'lim oluvchilar uchun tana harorat o'lchagichlar yetarli emasligi;
➖oshxonada taqiqlangan mahsulotlarning sotilishi va brakeraj kommisiyasi tomonidan nazorat ishlari olib borilmaganligi;
➖hamshiralar yetarli emasligi;
➖foydalanadigan dori vositalarining muddati o’tganligi;
➖hojatxonalarning doimiy ochiq holatda emasligi, yuqori qavatlardagi hojatxonalar yopiqligi;
➖oqava suv tizimi nosozligi ma’lum bo’ldi.

O'rganishlar natijasida, Sanitariya qoida va me'yorlarining qo’pol ravishda buzilishi, filtrlash ishlarining to'g'ri tashkil etilmaganligi, muddati o'tgan dori vositalarining saqlanishi, shuningdek aniqlangan bir qator kamchiliklar yuzasidan mas'ullarga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni