Ertalabki filtrlash ishlarining to'g'ri tashkil etilganligi o‘rganildi

Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan tumandagi 345,347-umumta'lim muassasalarida mavsumiy gripp hamda yuqumli kasalliklarga qarshi chora-tadbirlarning to'g'ri tashkil etilganligi hamda ertalabki filtrlash ishlari yuzasidan sanitariya nazorati olib borildi. 

O'rganishlar davomida:

➖har kunlik ertalabki saralash bosqichlarini olib borishda maxsus moslamalarning sozligi;
➖ta'lim oluvchilar uchun tana harorat o'lchagichlar yetarli ekanligi;
➖tibbiyot xonasidagi saqlanayotgan dori vositalarining ishlatishga yaroqliligi; 
➖o‘quvchilar o‘rtasida pedikulyoz kasalligini oldini olish choralari; 
➖issiqlik tizimi soz holatdaligi;
➖qo'l yuvish moslamalari hamda hojatxonalarda oqava suvning doimiy soz holati  va sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinishi kuzatuvdan o'tkazildi.

O'rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan muassasa hamshirasi va mas'ul xodimlarga zaruriy ko'rsatma va tavsiyalar berilib, ogohlantirish choralari qo'llanildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni