Bosh sahifa / Maktablarda sanitariya epidemiologik nazorat olib borildi

Maktablarda sanitariya epidemiologik nazorat olib borildi

📌 Mirobod tumanida joylashgan umumiy o'rta ta'lim maktablarida bolalar o'rtasida yuqumli kasalliklarga qarshi chora-tadbirlarning to'g'ri tashkil etilganligi hamda ertalabki filtrlash ishlari yuzasidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

‼️ Xususan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan 31-sonli maktabda sanitariya-epidemiologik nazorat o'rnatildi.

âś… O'rganishlar davomida quyidagilar o'rganildi:

đź“® har kunlik ertalabki saralash bosqichlarini olib borishda maxsus moslamalarning mavjudligi;
đź“® ta'lim oluvchilar uchun tana harorat o'lchagichlar yetarli bo'lishi;
đź“® filtrlash ishlari o'tgan yilgi qaydlar bo'yicha qolib ketmaganlik holati;
📮 foydalanadigan dori vositalarining muddati o’tmagan bo'lishi;
đź“® qo'l yuvish chanoqlarining yetarli bo'lishi batarafsil monitoringdan o'tkazildi.

⚠️ Shuningdek, o’quvchilarni virusli gepatit A kasalligiga qarshi o’z vaqtida emlanganligini tasdiqlovchi maxsus sertifikatlarga ega ekanligi bo’yicha qo’shimcha monitoring tadbirlari ham olib borildi.

📝 O'rganishlar natijasida yuzaga kelgan kamchiliklar xususida maktab ma'muriyati va mas'ul hamshiralarga tushuntirish hamda targ'ibot ishlari amalga oshirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati

18-09-2026, 16:24
Ortga qaytish