Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tuman bo'limi boshlig'i Sultonov Olim Kamilovich boshqa ishga o'tishi munosabati bilan Kurbonov Murodjon Xasanboyevich Yunusobod tuman bo'limi boshlig'i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.
📌Qayd etish joizki, Kurbonov Murodjon 1990-yilda Toshkent viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. 2015-yilda Toshkent Tibbiyot akademiyasini tamomlagan.
🔹2018-yildan bugungi kunga qadar bir qancha mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2020-yildan hozirgi kunga qadar Sanepidqo'mita Yangiyo'l shahar bo'limi boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
🔹Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Kurbonov Murodjonni ushbu lavozimga tayinlangani bilan tabriklaydi va jamoat salomatligini saqlash, epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash borasidagi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati