Yunusobod tuman bo'limida tayinlov amalga oshirildi

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tuman bo'limi mudiri Kadirov Zufar Zakirovich boshqa ishga o'tishi munosabati bilan Sultonov Olim Kamilovich Yunusobod tuman bo'limi mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

Qayd etish joizki, Sultonov Olim Kamilovich 1987-yilda Toshkent shahrida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy.  2014-yilda Toshkent Tibbiyot akademiyasini, 2016-yilda Tibbiyot akademiyasining magistraturasini tamomlagan. 

2014-yildan bugungi kunga qadar bir qancha mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2020-yildan 2023-yilgacha Olmazor tuman bo'limi mudiri, 2023-yildan hozirga qadar Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Ovqatlanish gigiyenasi bo'limi mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Sultonov Olim Kamilovichni ushbu lavozimga tayinlangani bilan tabriklaydi va jamoat salomatligini saqlash, epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash hamda soha rivoji uchun amalga oshirayotgan ishlarida ulkan zafarlar tilaydi. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni