Bosh sahifa / Yangi tayinlov amalga oshirildi

Yangi tayinlov amalga oshirildi

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tuman bo'limi boshlig'i Sultonov Olim Kamilovich boshqa ishga o'tishi munosabati bilan Kurbonov Murodjon Xasanboyevich Yunusobod tuman bo'limi boshlig'i vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

📌Qayd etish joizki, Kurbonov Murodjon 1990-yilda Toshkent viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy.  2015-yilda Toshkent Tibbiyot akademiyasini tamomlagan. 

🔹2018-yildan bugungi kunga qadar bir qancha mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2020-yildan hozirgi kunga qadar Sanepidqo'mita Yangiyo'l shahar bo'limi boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

🔹Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi  Kurbonov Murodjonni ushbu lavozimga tayinlangani bilan tabriklaydi va jamoat salomatligini saqlash, epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash borasidagi ishlarida ulkan zafarlar tilaydi. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


23-02-2026, 13:28
Ortga qaytish