Qayd etish joizki, O'ktamov Behzod 1991-yilda tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. 2018-yilda Toshkent Tibbiyot akademiyasini tamomlagan.
2018-yildan bugungi kunga qadar bir qancha mas'ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2023-yilning sentyabridan hozirga qadar Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tumani bo'limi boshlig'i lavozimida ishlab kelayotgan edi. O'ktamov Behzod Yangihayot tumani bo'limi binosi uchun yer ajratilishi va zamonaviy bino qurib bitkazilishida o'zining samarali hissasini qo'shdi.
Anvarov Olim 1972-yilda Toshkent viloyatida tug'ilgan. Ma'lumoti oliy. Toshkent davlat II-Tibbiyot oliygohini tamomlagan.
1996-yildan bugungi kunga qadar bir qancha mas'ul lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2022-2024 yillar davomida Mirzo Ulug'bek tumani bo'limi boshlig'i, 2024-yilning sentyabridan hozirga qadar Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasining Ovqatlanish gigiyenasi bo'limi mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi O'ktamov Behzod Ulug'bek o'g'li hamda Anvarov Olim Tolipovichni ushbu lavozimga tayinlangani bilan tabriklaydi va jamoat salomatligini saqlash, epidemiologik osoyishtalikni ta'minlash hamda soha rivoji uchun amalga oshirayotgan ishlarida ulkan zafarlar tilaydi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati