Navbatdagi stomatologiya klinikasida koordinatsion tekshiruv o'tkazildi

‼️Shifoxona ichi infeksiyalarini erta aniqlash va yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi mutaxassislari ishtirokida tumandagi   “AKMAL DOKTOR SHIFO” stomatologiya klinikasida Biznes ombudsmandan olingan ruxsatnoma asosida sanitariya-epidemiologik nazorat tekshiruv ishlari tashkil etildi.

🔍Tekshiruvlar natijasida quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

➖tibbiy asboblarni markaziy zararsizlantirish bo'limida, tibbiy asboblarni zararsizlantirish jarayonlari ketma-ketligiga rioya qilinmagan;
➖muddati o'tgan dori vositalari saqlanayotgani;
➖xonalarni joriy va kundalik tozalash anjomlari alohidalanmagan;
➖dezinfeksion moddalar va indikator test sinamalari to’g’ri olib borilmaganligi ma'lum bo'ldi.

🔬 Bundan tashqari, bakteriologik laboratoriya tekshiruvi uchun tashqi muhit obyektlaridan, ishchi xodimlar va ularning ust-bosh kiyimlaridan, foydalanilgan barcha tibbiy jihozlardan surtma namunalar, oqava suv tizimidan suv namunasi hamda havodan belgilangan miqdorda tahlil namunalari olinib, tuman laboratoriyasiga keltirildi. 

📝 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan  “AKMAL DOKTOR SHIFO” stomatologiya klinikasi rahbariga nisbatan ma'muriy jarima bayonnomasi rasmiylashtirildi va kamchiliklarni bartaraf qilinishi bo'yicha ko'rsatmalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni