Stomatologiya klinikasida kuchaytirilgan tekshiruv o’tkazildi

‼️Aholi salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish, shuningdek, shifoxona ichi infeksiyalari tarqalishiga erta barham berish maqsadida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi mutaxassislari tomonidan "DUR" MCHJ ga qarashli stomotologiya klinikasida koordinatsion nazorat tekshiruv ishlari tashkil etildi.

⚠️ Tekshiruvlar natijasida quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

✅tibbiy asboblarni markaziy zararsizlantirish bo'limida,  asboblarni zararsizlantirish jarayonlari ketma-ketligiga rioya qilinmagan;
✅ xonalarni joriy va kundalik tozalash anjomlari alohidalanmagan;
✅dezinfeksion moddalar va indikator test sinamalari to’g’ri olib borilmaganligi va bir qator kamchiliklar ma'lum bo'ldi.

📝Aniqlangan holatlar yuzasidan "DUR" MCHJ`ga qarashli stomatologiya klinikasi rahbariga nisbatan jarima bayonnomasi rasmiylashtirildi. Shuningdek, Sanitariya qoida va me'yorlarida keltirilgan talablarning o'z vaqtida bajarilishi yuzasidan ko'rsatmalar berildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni