Stomatologiya klinikasida kuchaytirilgan tekshiruv o’tkazildi

Bugun Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan Biznes ombudsmanning ruxsatnomasiga muvofiq, tumanidagi “ADVANCED DENTISTRY” MCHJ`ga qarashli stomatologiya klinikasida koordinatsion nazorat tekshiruv ishlari tashkil etildi.

Tekshiruvlarda quyidagi holatlar nazoratga olindi:

➖tibbiy asboblarni markaziy zararsizlantirish bo'limida,  asboblarni zararsizlantirish jarayonlari ketma-ketligiga rioya qilinishi;
➖xonalarni joriy va kundalik tozalash anjomlari alohidalanganligi;
➖dezinfeksion moddalar va indikator test sinamalari to’g’ri olib borilishi;
➖xodimlarning davriy tibbiy ko'rikdan o'tganligi monitoringdan o'tkazildi.

Shuningdek, bakteriologik tekshiruv uchun tashqi muhit obyektlaridan surtma, havo, suv va tibbiy asbob-uskunalardan sterillikka, ishchi xodimlardan stafilokokk infeksiyasi va ichak guruhi infeksiyalari tashuvchanligiga namunalar olindi va tuman laboratoriyasiga keltirildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni