Bugun Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo’limi mutaxassislari tomonidan Biznes ombudsmanning ruxsatnomasiga muvofiq, tumanidagi “ADVANCED DENTISTRY” MCHJ`ga qarashli stomatologiya klinikasida koordinatsion nazorat tekshiruv ishlari tashkil etildi.
Tekshiruvlarda quyidagi holatlar nazoratga olindi:
➖tibbiy asboblarni markaziy zararsizlantirish bo'limida, asboblarni zararsizlantirish jarayonlari ketma-ketligiga rioya qilinishi;
➖xonalarni joriy va kundalik tozalash anjomlari alohidalanganligi;
➖dezinfeksion moddalar va indikator test sinamalari to’g’ri olib borilishi;
➖xodimlarning davriy tibbiy ko'rikdan o'tganligi monitoringdan o'tkazildi.
Shuningdek, bakteriologik tekshiruv uchun tashqi muhit obyektlaridan surtma, havo, suv va tibbiy asbob-uskunalardan sterillikka, ishchi xodimlardan stafilokokk infeksiyasi va ichak guruhi infeksiyalari tashuvchanligiga namunalar olindi va tuman laboratoriyasiga keltirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati