Bakteriologik tekshiruv jarayonlari tashkil etildi 

Bugungi kunda eng kerakli hisoblangan, shuningdek,  salomatligimizni ular o'tkazgan tahillar orqali xabardor bo'lishda, kelib chiqqan kasalliklarni o'z vaqtida bartaraf etishda hamda oziq-ovqat xavsizligida, ularning iste'molga yaroqli ekanligini aniqlab berishda, bundan tashqari, surtma namunalar bo'yicha tahlil o'tkazishda laboratoriyalarning o'rni juda muhim hisoblanadi. 

Xususan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi Bakteriologik laboratoriya bo'linmasi tomonidan “Sedana” hamda “China xibel noodles” kafesida laborator tekshiruv uchun tahlil  olish jarayonlari amalga oshirildi.

Dastlab “Sedana” restoranidan tashqi muhit obyektlari hamda ishchi xodimlardan 15 ta surtma, 4 ta oziq-ovqat mahsulotlari, 2 ta ichimlik suvlaridan namunalar olindi. 

Shuningdek, “China xibel noodles” kafesining tashqi muhit yuza qismlaridan 20 ta surtma, 5 ta oziq-ovqat mahsulotlari, 2 ta ichimlik suvidan analiz olish bosqichlari olib borildi.

Bundan tashqari sanitariya-gigiyena laborator tekshiruv uchun tuz va un mahsulotlaridan ham namunalar olinib, tuman bakteriologik laboratoriyasiga yuborildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni