‼️Shifoxona ichi infeksiyalarini erta aniqlash va yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi mutaxassislari ishtirokida tumandagi “PROF MED SERVIS” MCHJ`ga qarashli yurak markazi klinikasida Biznes ombudsmandan olingan ruxsatnoma asosida epidemiologik tekshiruv ishlari tashkil etildi.
🔬 Bundan tashqari, bakteriologik laboratoriya tekshiruvi uchun, tashqi muhit obyektlaridan, ishchi xodimlar va ularning ust-bosh kiyimlaridan, foydalanilgan barcha tibbiy jihozlardan surtma namunalar, oqava suv tizimidan suv namunasi hamda havodan belgilangan miqdorda tahlil namunalari olinib, tuman laboratoriyasiga keltirildi.
📝 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan klinika rahbariga nisbatan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va kamchiliklarni bartaraf qilinishi bo'yicha ko'rsatmalar berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati