‼️Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash, aholining salomatligini himoya qilish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
✅Shu doirada Yangi Darxon mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan oziq-ovqat do‘konida oʻrganish o‘tkazildi. Ushbu jarayonda do‘kon faoliyati amaldagi sanitariya-gigiyena me’yorlariga muvofiqligi, mahsulotlarni saqlash sharoitlari, qadoqlash tartibi hamda yaroqlilik muddati bo‘yicha talablar tekshirildi.
🚫Tadbir davomida noma’lum sharoitda tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan buterburodlar, yaroqlilik muddati oʻtgan shokoladlar, mevali murabbolar aniqlanib, darhol savdodan olindi, tegishli tartibda brakeraj qilindi.
📝Mutaxassislar tadbirkorga mahsulot tayyorlash sharoiti, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati va ishlab chiqaruvchi haqida to‘liq ma’lumot ko‘rsatilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish aholining sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkinligini tushuntirdi, holat yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirildi.
✅Bundan tashqari, iste’molchilar o‘z huquqlarini bilishi, xarid qilinayotgan mahsulotlarning sifati va qadoqlanishiga e’tibor berishi kerakligi haqida ham targ‘ibot ishlari olib borildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati