Bosh sahifa / Sogʻliq uchun xavfli oziq-ovqat mahsulotlari savdodan olindi

Sogʻliq uchun xavfli oziq-ovqat mahsulotlari savdodan olindi

‼️Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash, aholining salomatligini himoya qilish hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini nazorat qilish maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

✅Shu doirada Yangi Darxon mahallasi hududida faoliyat yuritayotgan oziq-ovqat do‘konida oʻrganish o‘tkazildi. Ushbu jarayonda do‘kon faoliyati amaldagi sanitariya-gigiyena me’yorlariga muvofiqligi, mahsulotlarni saqlash sharoitlari, qadoqlash tartibi hamda yaroqlilik muddati bo‘yicha talablar tekshirildi.

🚫Tadbir davomida noma’lum sharoitda tayyorlangan, sifati kafolatlanmagan buterburodlar, yaroqlilik muddati oʻtgan shokoladlar, mevali murabbolar  aniqlanib, darhol savdodan olindi, tegishli tartibda brakeraj qilindi.

📝Mutaxassislar tadbirkorga mahsulot tayyorlash sharoiti, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddati va ishlab chiqaruvchi haqida to‘liq ma’lumot ko‘rsatilmagan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish aholining sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkinligini tushuntirdi, holat yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirildi.

✅Bundan tashqari, iste’molchilar o‘z huquqlarini bilishi, xarid qilinayotgan mahsulotlarning sifati va qadoqlanishiga e’tibor berishi kerakligi haqida ham targ‘ibot ishlari olib borildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


18-12-2025, 15:09
Ortga qaytish