Zaharlanish holatini keltirib chiqaruvchi - noqonuniy savdo faoliyati bartaraf etildi

Inson salomatligi har narsadan ustun! Tayyorlash sharoiti noma’lum, sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydigan mahsulotlarning iste’molga chiqarilishi turli kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin. Bunday noqonuniy savdolarni oldini olish maqsadida tashkilot tomonidan doimiy ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tumani bo‘limi mutaxassislari tomonidan "Gulshanobod" MFY hududida  joylashgan noqonuniy savdo nuqtasi aniqlandi. O‘rganish jarayonida mazkur joyda sanitariya talablariga javob bermaydigan sharoitda qoʻra oʻrnatilib, kabob  taomining tayyorlanayotgani va sotilayotgani ma’lum bo‘ldi.

Tekshiruv davomida:

➖Belgilanmagan hududda savdo olib borilayotganligi;
➖Sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilinmagani;
➖Mahsulotlarning sifati va xavfsizligi ta’minlanmagani;
➖Iste’molchilarga zarar yetkazilishi ehtimoli yuqori ekani aniqlanib, mazkur noqonuniy faoliyat darhol to‘xtatildi.

Shu munosabat bilan tegishli choralar ko‘rildi va sanitariya qoidalarini buzgan  fuqarolar yuzasidan bayonnoma rasmiylashtirildi. Ushbu tadbirlar kelgusida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, sog‘lom va xavfsiz mahsulotlarni iste’mol qilishlarini ta’minlash maqsadida davom ettiriladi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni