Sifati kafolatlanmagan 7 kg “Andijon muzqaymog‘i” brakeraj qilindi

Issiq havo sharoitida aholining eng ko‘p iste’mol qiladigan mahsulotlaridan biri bu — muzqaymoq. Biroq sifati kafolatlanmagan, tayyorlanish sharoiti noma’lum va sanitariya talablariga javob bermaydigan muzqaymoqlarning iste’moli o‘tkir yuqumli ichak kasalliklariga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu sababli, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish, zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazildi. O‘rganishlar davomida noqonuniy tarzda savdoga chiqarilgan, sifati kafolatlanmagan 7 kg “Andijon muzqaymog‘i” aniqlanib, belgilangan tartibda brakeraj qilindi.

Tekshiruv natijasida ushbu muzqaymoqlarni sotish uchun zarur bo‘lgan sertifikatlar mavjud emasligi, sotuvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tmagani, shuningdek, sanitariya talablariga zid holda faoliyat olib borayotgani ma’lum bo‘ldi. Sotuvchiga nisbatan qat’iy ogohlantirish chorasi qo‘llanildi.

Ayni kunlarda  aholi gavjum hududlarida muzqaymoq savdosi faollashgan. Shu munosabat bilan ota-onalardan farzandlarining iste’mol qilayotgan mahsulotlariga e’tiborli bo‘lishlarini, tasodifiy va noma’lum joylardan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishlariga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘raymiz.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni