Shu sababli, Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yangihayot tumani bo‘limi tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish, zaharlanish holatlarining oldini olish maqsadida reyd tadbirlari o‘tkazildi. O‘rganishlar davomida noqonuniy tarzda savdoga chiqarilgan, sifati kafolatlanmagan 7 kg “Andijon muzqaymog‘i” aniqlanib, belgilangan tartibda brakeraj qilindi.
Tekshiruv natijasida ushbu muzqaymoqlarni sotish uchun zarur bo‘lgan sertifikatlar mavjud emasligi, sotuvchi tibbiy ko‘rikdan o‘tmagani, shuningdek, sanitariya talablariga zid holda faoliyat olib borayotgani ma’lum bo‘ldi. Sotuvchiga nisbatan qat’iy ogohlantirish chorasi qo‘llanildi.
Ayni kunlarda aholi gavjum hududlarida muzqaymoq savdosi faollashgan. Shu munosabat bilan ota-onalardan farzandlarining iste’mol qilayotgan mahsulotlariga e’tiborli bo‘lishlarini, tasodifiy va noma’lum joylardan oziq-ovqat mahsulotlari xarid qilishlariga yo‘l qo‘ymasliklarini so‘raymiz.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati