Iste'molga yaroqsiz mahsulotlar savdosiga chek qo'yildi

Oziq-ovqatdan zaharlanishni oldini olish borasida olib borilayotgan nazorat tadbirlari doirasida, "Sarako'l" mahallasidagi savdo do‘konlarida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi xodimlari tomonidan navbatdagi o'rganish ishlari olib borildi.

✅ Noto'g'ri sharoitda saqlanayotgan 25 kg tovuq go'shti, sifati kafolatlanmagan 4 kg somsa xamiri, 4 kg chuchvara hamda  noma'lum sharoitda tayyorlangan 15 dona sosiskali bulochka, shuningdek, muddati o'tgan konserva mahsulotlari savdodan oldirildi va yo'q qilish chorasi ko'rildi.

✅Mazkur holat bo‘yicha do‘kon sotuvchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish, shuningdek, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish borasida targ‘ibot ishlari olib borildi. 

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni