Oziq-ovqatdan zaharlanishni oldini olish borasida olib borilayotgan nazorat tadbirlari doirasida, "Sarako'l" mahallasidagi savdo do‘konlarida, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi xodimlari tomonidan navbatdagi o'rganish ishlari olib borildi.
✅ Noto'g'ri sharoitda saqlanayotgan 25 kg tovuq go'shti, sifati kafolatlanmagan 4 kg somsa xamiri, 4 kg chuchvara hamda noma'lum sharoitda tayyorlangan 15 dona sosiskali bulochka, shuningdek, muddati o'tgan konserva mahsulotlari savdodan oldirildi va yo'q qilish chorasi ko'rildi.
✅Mazkur holat bo‘yicha do‘kon sotuvchilari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib, oziq-ovqat mahsulotlarining sifat va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilish, shuningdek, sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilish borasida targ‘ibot ishlari olib borildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati