Iste'molga yaroqsiz deb topilgan 146 kg mahsulotlar brakeraj qilindi

Oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash doirasida,  Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo'limi mutaxassislari tomonidan tuman bo'ylab keng qamrovli reyd tadbirlari tashkil etilib, bunda sifati kafolatlanmagan, yaroqlilik muddati o'tgan, noma'lum uy sharoitida tayyorlangan, iste'molga yaroqsiz mahsulotlar va noqonuniy ko'cha savdosi nazoratga olindi. 

Tolimarjon ko'chasida fuqaro tomonidan sifatini kafolatlovchi hujjatlarga ega bo'lmagan 45 litr ayron, 45 litr limon sharbati savdosi aniqlanib, mahsulotlar tuman bo'limiga olib keltirildi va o'rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.

"Yangi zamon", "Navro'z" mahallasida joylashgan oziq-ovqat do'konlaridan, zaharlanishga sabab bo'luvchi, iste'molga yaroqsiz deb topilgan 18 kg lag'mon xamiri, 8 kg banan, 7 kg tovuq go'shti, 3 kg baliq konservasi savdodan olinib, yo'q qilish choralari ko'rildi.

Shuningdek, 214-sonli maktab hududida ota-onalar tomonidan kelib tushgan murojaatga ko'ra, erib qayta muzlatilgan, noma'lum sharoitda tayyorlangan 20 kg "Andijon muzqaymog'i" savdosiga chek qo'yildi. 

Yuqorida keltirilgan holatlar yuzasidan fuqarolarga nisbatan ma'muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, jarima qo'llanildi. Sotuvchilarga Sanitariya qoida va me'yorlariga rioya qilgan holda faoliyat olib borish yuzasidan ogohlantiruvchi sanitariya targ'iboti o'tkazildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni