O‘tkir yuqumli ichak kasalliklari, ovqatdan zaharlanish holatlarini oldini olish maqsadida Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tuman bo‘limi xodimlari tomonidan tumanning bir qancha hududlarida reyd tadbirlarini olib borilmoqda.
O‘tkazilgan tadbirlar vaqtida sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilmasdan, noma’lum sharoitda tayyorlanib, noqonuniy tarzda katta magistral ko‘chalarning bo‘yida rangli, gazlangan ichimliklar, sharbatlar sotilayotgani aniqlandi. Sifati gumondor bo‘lgan mahsulotlar savdosi o‘rnatilgan tartibda to‘xtatilib, ko‘chalar atrofi tozalattirilib, sotuvchilar bilan ovqatdan zaharlanish holatlari to‘g‘risida profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Reyd tadbirlarida quyidagi oziq-ovqat mahsulotlar:
➖45 litr malina sharbati;
➖15 litr o‘rik sharbati;
➖45 litr limon sharbati;
➖15 litr ayron ichimligi o'rnatilgan tartibda savdodan olindi va yo'q qilindi.
Aynan shunday nazorat tadbiri Sanepidqoʼmita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman boʼlimi mas'ul xodimlari tomonidan ham olib borildi. O'rganish davomida Kichik halqa yoʼli yoqasida belgilanmagan joyda, hech qanday hujjatlarsiz, sifati kafolatlanmagan, isteʼmolga yaroqsiz, uy sharoitida tayyorlangan:
➖5 litr rangli salqin ichimlik;
➖25 litr oʼrik sharbati;
➖10 litr ayron, 3 litr go'ja mahsuloti savdodan olindi va o'rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati