Iste'molga yaroqsiz mahsulotlar brakeraj qilindi

Mirobod dehqon bozorida amalga oshirilgan navbatdagi reyd tadbirlar natijasida, sifatini kafolatlovchi hujjatlarga ega bo'lmagan, iste'molga yaroqsiz deb topilgan 6 kg somsa xamiri, 7 kg lag'mon xamiri, 5 kg qatlama hamda mampar xamirlari o'rnatilgan tartibda brakeraj qilindi. Shuningdek, organoleptik xusususiyati o'zgargan, butunligi buzilgan 15 kg apelsin, 16 kg sabzi, 20 kg kartoshka mahsulotlari savdodan oldirildi va sotmaslik yuzasidan sotuvchilarga ogohlantirish choralari qo'llanildi.

Mazkur reyd tadbirlari Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi xodimlari tomonidan ovqatdan zaharlanishlarni oldini olish maqsadida o'rganishlar davomida ma'lum bo'ldi. Aniqlangan holat bo'yicha bozor Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan birgalikda mahsulotlar yo'q qilindi.

Ovqatdan zaharlanishni oldini olish maqsadida mahsulotlarni xarid qilishda ularning sifatiga alohida e'tibor bering. Tayyorlanishi noma'lum bo'lgan mahsulotlar sotib olishdan hamda duch kelgan joylarda ovqatlanishdan saqlaning, o'zingizni va yaqinlaringizni salomatligiga befarq bo'lmang.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni