Oziq-ovqat mahsulotlari ustidan doimiy nazorat tadbirlarini olib borish orqali, ko’plab iste’mol uchun mutlaqo yaroqsiz bo’lgan mahsulotlar savdosiga chek qo’yish hamda ommaviy zaharlanishni oldini olishga erishilmoqda.
Xususan, Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tuman bo’limi xodimlari tomonidan tumanda joylashgan Qo‘yliq dehqon bozori hududidagi oziq-ovqat mahsulotlarining saqlanishi va sotilishida sanitariya talablariga rioya qilinishi bo’yicha navbatdagi o’rganish ishlari olib borildi.
Natijada organoleptik xususiyatlarini yo’qotgan, butunligi buzilgan 10 kg apelsin, 8 kg kivi, 20 kg nok, 25 kg karam tuzlamasi hamda 10 litr miqdorda ikkilamchi polietilen idishlarda saqlanayotgan sut mahsulotlari joyida savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi. Shuningdek, sotuvchilarga maxsus ogohnomalar tarqatilib, bu kabi mahsulotlarni sotmaslik bo’yicha tegishli tavsiyalar berildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati