Oziq-ovqat do’konlarida nazorat tadbirlari davom etmoqda

O‘tkazilgan nazorat tadbirlari davomida iste’molga yaroqliligi kafolatlanmagan bir qator oziq-ovqat mahsulotlari aniqlanib, savdo nuqtalaridan oldirildi. Jumladan, noma’lum sharoitda tayyorlangan 2 kg somsa xamiri, 2 kg chuchvara, 1 kg qatlama xamiri, 4 kg yarim tayyor ovqat mahsulotlari, shuningdek, butunligi buzilgan va yaroqlilik muddati o’tgan 8 dona yogurt, 6 kg pomidor, 3 kg garmdori, 5 kg banan, 4 kg uzum, 6 kg olma, 2 ta qovun, 2 kg bulg‘or qalampiri va 1 kg baqlajon mahsulotlari aniqlanib, sanitariya talablariga javob bermagani sababli savdodan olib tashlandi va belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

Mazkur mahsulotlar saqlash va tayyorlash sharoitlariga rioya qilinmagani, shuningdek, sifati va xavfsizligi kafolatlanmagani sababli Sanepidqo’mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tumani bo’limi xodimlari tomonidan iste’mol uchun xavfli deb topildi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni ta’minlash, aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni