Oziq-ovqat do'konlarida  iste'molga yaroqsiz mahsulotlar brakeraj qilindi

Sifati kafolatlanmagan mahsulotlar nafaqat foydalanuvchi sog'lig'i va xavfsizligiga, balki iqtisodiy va ekologik jihatdan ham salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shuning uchun mahsulot sotib olishda ishonchli sertifikatlar, standartlarga moslik va foydalanuvchi sharhlariga e’tibor berish muhim ahamiyatga ega.

Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi mudiri Dilnoza Ahmedova hamda bo'lim mas'ul mutaxassislari tomonidan "Sarako'l" ko'chasida joylashgan oziq-ovqat do'konlarida hamda ovqatlanish shoxobchalarida o'rganish ishlari amalga oshirildi. Xususan, mahsulotlarning xavsizligi, yaroqlilik muddati va sifati monitoringdan o'tkazildi.

Noma'lum uy sharoitida tayyorlangan, butunligi buzilgan, iste'molga yaroqsiz deb topilgan 23 kg tuzlangan bodring, 7 kg pomidor, 6 kg bulg'or qalampiri, 8 kg olma, 4 kg mandarin hamda turli xildagi ko'kat mahsulotlari tegishli tartibda savdodan olinib, yo'q qilish choralari ko'rildi.

Shuningdek, ovqatlanish shoxobchasining sanitariya talablariga javob bermasdan faoliyat olib borishi ma'lum bo'ldi, holat yuzasidan ishchilarga ogohlantirish berilib, sifatini kafolatlovchi hujjatlarga ega bo'lmagan 10 litr pomidor sousi o'rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni