Jiddiy nazorat: Ovqatdan zaharlanish holatlarining oldi olinmoqda

‼️Toshkent shahar aholisi o'rtasida o'tkir yuqumli ichak kasalliklari, virusli gepatit "A" kasalligi, salmonellyoz va boshqa turdagi yuqumli va yuqumli bo'lmagan kasalliklarni oldini olish maqsadida Toshkent shahar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi va uning hududiy bo'limlari tomonidan ishchi guruhlar tuzilib, mavzelarda aholi ko'p to'planadigan joylarda, bozor va uning hududlarida tadbirlar olib borilmoqda. Natijada noma'lum shaxslar tomonidan belgilanmagan joylarda oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo olib borilayotganligi aniqlangan.

✅Ishchi guruh tomonidan o'tkazilgan tadbirlar vaqtida iste'molga yaroqsiz deb topilgan turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari savdosi to'xtatilib, o'rnatilgan tartibda mahsulotlar savdodan olindi. 2024-yilning o'tgan davri mobaynida jami 1 102 295 kg turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari iste'mol uchun yaroqsiz deb topilib brakeraj qilindi. Jumladan, sut va sut mahsulotlari 828 kg, qandolat mahsulotlari 23 695 kg, meva va sabzavot mahsulotlari 19 323 kg, salqin iichimliklar 647 876 litr va boshqa turdagi mahsulotlar 98 835 kg ni tashkil etdi.

✅Shuningdek, ovqatdan zaharlanish holatlarida eng og'ir turi botulizm kasalligini oldini olish maqsadida noma'lum sharoitda tayyorlangan 3 690 kg konserva mahsulotlari savdosi to'xtatildi va o'rnatilgan tartibda yo'q qilindi. Bozor va uning hududida o'tkazilgan tadbirlar vaqtida Veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyasi xodimlari bilan hamkorlikda sifati va xavfsizligini tasdiqlovchi hujjatlarga ega bo'lmagan 159 576 kg go'sht, 1 553 kg tovuq go'shti savdosi to'xtatilgan va o'rnatilgan tartibda savdosiga chek qo'yilgan. Shu kabi nazorat tadbirlari hozirgi kunga qadar poytaxtimizning barcha tumanlarida davom etib bormoqda.

✅Eslatib o'tamiz, bozor va savdo shoxobchalaridan oziq-ovqat mahsulotlarini xarid qilayotganingizda mahsulot sifatini tasdiqlovchi hujjatlari borligini so'rashni unutmang. Mahsulot qadog'ida barcha ma'lumotlar borligi, uning to'g'ri sharoitda saqlanayotganiga ham ahamiyat qaratishni lozimligini yodda tuting.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni