Olib borilgan navbatdagi o'rganishlar davomida iste'mol qilinganda zaharlanish holatini keltirib chiqarishi mumkin bo’lgan, noma'lum sharoitda tayyorlangan va sifati buzilgan 15 kg norin xamiri savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.
Ushbu holat Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tuman bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan Eski Juva dehqon bozorida sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o'tkazish jarayonida aniqlandi. Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Eslatib o’tamiz, mahsulot xarid qilayotganda yaroqlilik muddati va ishlab chiqarilgan sanasiga, sovutgichda saqlanishiga e’tibor berishni unutmang.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati