Iste'mol uchun xavfli bo'lgan mahsulotlar savdodan olindi

Bozor hududida olib borilgan navbatdagi o'rganishlar davomida 17 kg uy sharoitida tayyorlangan xamir, 16,5 litr miqdoridagi ikkilamchi idishlarda saqlanayotgan sut mahsuloti, 14,5litr noma'lum sharoitda tayyorlangan tuzlama, 16 kg tovuq a'zosi o'rnatilgan tartibda savdodan olinib, yo'q qilish choralari ko'rildi. 

Qayd etish kerakki, ushbu holat Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod tuman bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan Yunusobod dehqon bozori rastalarida sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o'tkazish jarayonida aniqlandi. Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.

Eslatib o'tamiz, sifati kafolatlanmagan, organoleptik jihatdan o'zgargan qo'ziqorin mahsulotlarini iste'mol qilish ovqatdan zaharlanish holatini keltirib chiqaradi. Shu sababli xaridni amalga oshirayotganingizda mahsulot sifati va xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlarni so'rashni unutmang.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni