Ovqatdan zaharlanish holatini oldini olish yuzasidan o'tkazilgan o'rganishlar davomida iste’molga yaroqsiz bo‘lgan 15 kg banan, 120 ta noma'lum sharoitda tayyorlangan yarim tayyor kabob, zaharlanish holati keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan 3 litr tuzlama savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.
Qayd etish kerakki, ushbu holat Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan tumanda joylashgan dehqon bozori rastalarida sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o'tkazish jarayonida aniqlandi. Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati