Bozor hududida olib borilgan navbatdagi o'rganishlar davomida iste’molga yaroqsiz bo‘lgan 30 kg qo‘ziqorin mahsulotlari savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.
Qayd etish kerakki, ushbu holat Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Yashnobod tuman bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan Aviasozlar dehqon bozori rastalarida sotilayotgan mahsulotlar sifati nazoratdan o'tkazildi. Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Eslatib o'tamiz, sifati kafolatlanmagan, organoleptik jihatdan o'zgargan qo'ziqorin mahsulotlarini iste'mol qilish ovqatdan zaharlanish holatini keltirib chiqaradi. Shu sababli xaridni amalga oshirayotganingizda mahsulot sifati va xavfsizligini kafolatlovchi hujjatlarni so'rashni unutmang.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati