Eski Juva dehqon bozorida olib borilgan navbatdagi o'rganishlar davomida qadog'ida zarur ma'lumotlari ko'rsatilmagan 5 kg sosiska, ochiq savdo uchun taqiqlangan 8 litr (50 dona) 70% li sirka savdodan olindi va o‘rnatilgan tartibda brakeraj qilindi.
Qayd etish kerakki, ushbu holat Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Shayxontohur tumani bo‘limi mas'ul xodimlari tomonidan mahsulotlar sifatini nazoratdan o'tkazish jarayonida aniqlandi. Shuningdek, sotuvchilar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar yuzasidan sotuvchilar hamda bozor ma’muriyatiga tushuntirish ishlari olib borildi hamda dalolatnoma rasmiylashtirildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati