Sanitariya qoidalariga oid davra suhbati tashkil etildi

Bugun Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi mudiri Mohira Ahmedova hamda mas’ul mutaxassislar tomonidan “Oltintopgan” mahallasi idorasida fuqarolarni sanitariya madaniyatini yanada shakllantirish maqsadida sanitariya targ'ibot tadbirlariga oid davra suhbati bo'lib o'tdi.

Olib borilgan davra suhbati davomida:

➖yuqumli kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlari;
➖turli xil kasalliklardan himoyalanishda emlashning ahamiyati;
➖sog'lom turmush tarziga rioya qilish;
➖noma'lum uy sharoitida konserva mahsulotlarini tayyorlamaslik va iste'mol qilmaslik;
➖xarid jarayonlarida mahsulotlarning sifati va yaroqlilik muddatiga amal qilish;
➖meva-sabzavotlarni iste'mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish;
➖shaxsiy gigiyena qoidalari va qo‘llar tozaligiga doimiy tarzda rioya qilish;
➖foydalanilgan idish-tovoqlarni o'z vaqtida yuvish kerakligi xususida sanitariya targ'ibot o'tkazildi.

⚠️Yig'ilish so'nggida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berildi va yuqumli kasalliklardan saqlanishga oid muhim eslatmalar taqdim etildi.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati


SO`NGGI YANGILIKLAR
Boshqarma haqida

Sanitariya-epidemiologiya xizmatini amalga...

Xizmat vazifa va funksiyalar

Boshqarmaning xizmat vazifa va funksiyalar to...

SO`ROVNOMA

    Boshqarma ish faoliyatini baholang

Top

MAXSUS IMKONIYATLAR

Ko`rinish

A
A
A

Shrift o`lchami

0% ga kattalashtirish
?

Ekran suxandoni