"Mahallabay" ishlash tizimini takomillashtirish, xususan, mahallalar aholisi o'rtasida sog'lom turmush tarzini shaklllantirish, yuqumli kasalliklarni oldini olish bo‘yicha soha mutaxassislar tomonidan bir qator profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Jumladan, Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Bektemir tumani bo'limi boshlig‘i Mohira Ahmedova hamda mutaxassislar tomonidan tumanda joylashgan “Gulbog‘” mahallasi fuqarolari o‘rtasida sanitariya madaniyatni yanada oshirish maqsadida sanitariya targ'ibot tadbirlariga oid sayyor uchrashuv bo'lib o'tdi.
Olib borilgan uchrashuv davomida:
➖yuqumli kasalliklarni oldini olish chora-tadbirlari;
➖turli xil kasalliklardan himoyalanishda emlashning ahamiyati;
➖sog'lom turmush tarziga rioya qilish;
➖noma'lum uy sharoitida konserva mahsulotlarini tayyorlamaslik va iste'mol qilmaslik;
➖xarid jarayonlarida mahsulotlarning sifati va yaroqlilik muddatiga amal qilish;
➖meva-sabzavotlarni iste'mol qilishdan oldin yaxshilab yuvish;
➖shaxsiy gigiyena qoidalariga doimiy tarzda rioya qilish;
➖foydalanilgan idish-tovoqlarni o'z vaqtida yuvish kerakligi xususida sanitariya targ'ibot o'tkazildi.
Yig'ilish so'nggida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berildi va yuqumli kasalliklardan saqlanishga oid muhim eslatmalar taqdim etildi.
Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi
Axborot xizmati